牛牛在线工具

Self-Released - 歌词大全

856,550 条歌词资料,支持按歌名、歌手检索与随机阅读。

支持按歌名或歌手检索,歌词排版与版本可能存在差异。

Self-Released

Botir Qodirov

歌手(原记录)
Botir Qodirov
Soyangga aylanib qolsaydim qani, Sendan bir lahza ham ayrilmas edim. Shu umrim boricha sevaman seni, Sendan boshqasiga qayrilmas edim. Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor, Yorim, dardlaringni menga ber, jonim. Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men, Borki g’amlaringni menga ber, jonim. Boshing uzra sochay olam quvonchin, Borimni tutay men. Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim, Yoningda bo’lay men. Kel gulim, ko’zlaringni ko’zlarimga ko’zgu qil, Har bosgan izlaringni yo’llarimga yog’du qil. Kiprigingda yosh ko’rsam, yo’q, aslo chidolmasman, Sensizlikka men bir zum bardosh berolmasman. Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor, Borki g’amlaringni menga ber, jonim. Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men, Yorim, dardlaringni menga ber, jonim. Boshing uzra sochay olam quvonchin, Borimni tutay men. Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim, Yoningda bo’lay men. Soyangga aylanib qolsaydim qani, Sendan bir lahza ham ayrilmas edim. Soyangga… soyangga…